Jamiyat
7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ularda ishtirok etish uchun Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy tashrif buyurdi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Shu kuni ikki davlat hukumatlari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qatarning Toshkentdagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov so‘zga chiqib, O‘zbekiston tomoni Qatarni arab dunyosidagi muhim, ishonchli va istiqbolli hamkor deb bilishini ta’kidladi.
Qatar diplomatik missiyasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishi, ularning amaliy mazmun bilan boyishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q