Siyosat
2-may kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Muloqot davomida strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. Turkiya yetakchisi hamkasbini Konstitutsiya islohoti bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutlab, O‘zbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Suhbatda O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga 14-may oyi bo‘ladigan prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q