Jamiyat
“Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–140-son, 01.05.2023-y.) qabul qilindi.
Oʻzbekiston va “KfW” banki oʻrtasida “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolangan.
Qarorga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Qarz mablagʻlarini qaytarish respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Qarorga muvofiq, loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorga koʻra:
loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha litsenziyalar uchun toʻlovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga toʻliq joriy etilgandan soʻng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi;
loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablagʻlar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Qaror bilan 2023–2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
– “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;
– Sanatoriylarga yoʻllanma olish, navbatni kuzatish va mavjud boʻsh oʻrinlarni koʻrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
– Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;
– Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
– Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q