Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumanida 3 kishining murdasi topilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Sardoba tumani, «Fayzliobod» mahallasida yashovchi, fuqarolar M.A., A.A. hamda A.K.lar yashash xonadonining hojatxonasiga hech qanday ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan tushib, baxtsiz hodisa tufayli vafot etganligi aniqlangan, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokurori S.Imatov rahbarligida tuman prokurori A.Uralov, tuman IIB boshlig‘i A.Mo‘minov, tuman prokuraturasi tergovchisi Sh.Norbo‘tayev va tuman IIBning tezkor xodimlari tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q