O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi

Saqlash
22:31 / 27.04.2023 1608 0

O‘zbekiston yaqin yillarda oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qildi.

 

U O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi davlatlardan biri bo‘lib, ayni paytda yiliga 105 tonnaga yaqin ushbu metall ishlab chiqarilishini eslatib o‘tdi.

 

2022-yil aprel oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega Muruntov koni tarkibida Balpantog‘ va Tomdibuloq konlari topilgani xabar qilingandi. Bu yerda qariyb 15 yil davomida yiliga 3 million tonnadan ortiq ma’dan qazib olish rejalashtirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//