Jamiyat
25-aprel kuni benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachilar bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lanadigan vositachilik haqi (yig‘imlar)ning chegaraviy miqdorini belgilash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi [ro‘yxat raqami — 3429], deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Qarorga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan prezident qarorida ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya bo‘yicha to‘lov xizmatlari uchun budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan to‘lanadigan vositachilik haqi (yig‘imlar)ning chegaraviy miqdori BHMning 20 foizi (60,6 ming so‘m) etib belgilandi.
Mazkur tartib quyidagi holatlarda amal qiladi:
Mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Markaziy bank qonun loyihasi taqdim etganida iqtisodchi Otabek Bakirov loyiha haqida quyidagi fikrlarini bildirib o‘tgandi:
“Ro‘yxat bo‘yicha go‘yoki xalq taraf bo‘lib vositachilik haqi (yig‘imlar)ning chegaraviy miqdori belgilanayotgan to‘lovlarning aksari, onlayn ilovalardan foydalanuvchilar uchun deyarli hammasi desa ham bo‘ladi, bepul. Ya’ni bozor kon’yunkturasi, banklar va to‘lov tizimlari o‘rtasidagi kuchli raqobat tufayli ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarga vositachilik haqi to‘lovchidan emas, yetkazib beruvchidan undirish tizimi anchadan buyon ishlamoqda. Ya’ni qanaqadir qo‘li oyog‘idan, oyog‘i qo‘lidan o‘sib chiqqan chinovniksiz ham bozor hammasini tartibga solib qo‘ygan”, — deydi iqtisodchi.
Shuningdek, u loyiha qonunga zid ekanini ta’kidlagandi.
“Vositachilik haqining chegaraviy miqdorining belgilanishi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga ham zid. Yo bo‘ldimi, qonunlarni yig‘ishtirib qo‘yib nizomlar va og‘zaki topshiriqlar bilan ishlashga o‘tamizmi?”, — deb yozgandi Bakirov.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q