Madaniyat
Joriy yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston hukumati tomonidan Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi qayta taʼmirlanib, yangi qiyofaga kirgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik musiqali drama teatrining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirlarda madaniyat va sanʼat xodimlari, xalq artistlari, OAV vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Oʻzbekistonlik mehmonlar dastlab Qirgʻizistonning janubiy mintaqasi Oʻsh shahri markazida joylashgan “Sulaymon togʻ” etnik majmuasi ziyorat qilishdi. Majmua Qirgʻizistondagi yagona Jahon merosi obyektidir.
Shundan soʻng Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Qariyb 100 yillik tarixga ega teatr 1,5 yildan ortiq vaqt davomida qayta taʼmirlandi. Binoning ochilish marosimida Oʻzbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qirgʻiziston Ministrlar kabineti raisi oʻrinbosari Edil Baysalov, Turksoy tashkiloti Bosh kotibi Sultan Rayev va boshqalar qatnashdi.
Marosimda qirgʻizistonlik ijodkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham namoyish etildi, delegatsiya aʼzolari teatr binosini koʻzdan kechirdi.
Tadbir davomida oʻzbek va qirgʻiz teatr sanʼati ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Ayroliq” spektakli namoyish etildi. Spektaklda rollarni Mehri Bekjonova, Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov, Dilnoza Kubayeva kabi oʻzbekistonlik sanʼatkorlar bilan birga, Erkin Boynazarov, Nabijon Abdurasulov, Odina Abbosova, Baxtiyor Dadajonov kabi qirgʻizistonlik aktyor va aktrisalar ijro etishgan.
Marosim soʻnggida Oʻzbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Qirgʻiziston hukumati tomonidan Chingiz Aytmatov nomidagi koʻkrak nishon bilan taqdirlandi. Qirgʻiziston hukumati vakillari Oʻzbekiston davlati va hukumati rahbarlariga minnatdorchilik bildirildi. Hamkorlik aloqalarini kelgusida ham rivojlantirish, madaniy rishtalarni mustahkamlash uchun ezgu tashabbuslar davom ettirilishi qayd etildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q