Siyosat
Xalqaro UNESCO tashkiloti tomonidan dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o‘rnatish, millatlar va elatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ulardan biri 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Shu munosabat bilan yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda. Xalqaro press klubning haftalikka bag‘ishlangan "O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor" mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan spikerlar qatorida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo o‘zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatidagi bag‘rikenglik xususida fikr bildirdi.
O‘zbekistonni agar bir katta bir gulzor deb atasak, u gulzorning asosini tashkil qiladigan xalqi bilan birgalikda, bu joyda 130 dan ortiq millat va elatlar, turli diniy konfensiyalar tashkil qiladi va ularning har biri o‘ziga xos o‘rni bilan aeralib turadi. Jamiyat qachon qudratli bo‘ladi? Qachon farovon bo‘ladi? Qachon oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlariga erisha oladi? Qachonki u davlatda ma’naviy birlik bo‘lsa, hamjihatlik bo‘lsa. Bag‘rikenglik bu bizning qadriyatimiz, bu umummadaniyatimizning, axloqimizning ajralmas qismi.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfensiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratiladi. Bu bizning eng katta boyligimiz va uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash barchamizning burchimizdir”, degan so‘zlarida ham mana shu mohiyat mujassam.
UNESCO tomonidan qabul qilingan bag‘rikenglik deklorasiyasida bag‘rikenglik o‘zi nima degan savolga javob keltiriladi. Bag‘rikenglik bu turli tumanlikdagi birlikdir. Biz bugun ham ibrat nuqtai nazaridan, ham namuna nuqtai nazaridan Yangi O‘zbekistonda aynan shu haqiqatning timsolini ko‘ramiz. Bag‘rikenglik bizga nega kerak? Har bir jamiyatda birinchi navbatda urushlarga qarshi turish, etnik, milliy, diniy nizolarga qarshi turish, butun insoniyatni yakdil qilish mohiyatida avvalo inson qadri turibdi, insonparvarlik turibdi. Milliy davlatchiligmiz asosida bag‘rikenglik alohida o‘rin tutadi. Hatto davlat madhiyamizda ham bag‘rikenglik alohida bitta so‘zda ifoda etilgan.
Bahri aya timsolida men O‘zbekistonni ko‘rdim. Bahri aya so‘zlarida men O‘zbekistonning yuragini, mehrini, bag‘rikengligini ko‘rdim. Ayniqsa, yetim qolgan bolalarga “Seni hech kim xafa qilmaydi” deb aytgan jumlasi bu hanuz ham O‘zbekistonning so‘zi bo‘lib jaranglaydi. Qaysidir davlatga XIX asrda, qaysidir davlatda XVIII asrda yoki undan ham avval kirib kelgan, O‘zbekistonga esa XX asrda kirib kelgan ekan mehribonlik uyi tushunchasi. Tarixga nazar tashlasak, o‘zbek xalqida ming yillar ichida mehribonlik uyi tashkil qilishga ehtiyoj bo‘lmaganini kuzatamiz. Bu albatta o‘zbek xalqining bag‘rikengligidan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q