Jamiyat
Prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan 59 million dollar miqdoridagi qarz bitimini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Bunda O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023—2027-yillar) tashkil etadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida belgilangan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
– “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
– “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini so‘ndirish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;
– “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028-yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;
– “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 19-apreldan kuchga kirdi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q