Toshkent viloyatida noqonuniy valyutafurush yirik miqdorda jami 6 turdagi valyuta bilan qoʻlga tushdi

Saqlash
19:40 / 20.04.2023 1611 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

 

Unda fuqaro O.S. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) valyuta qimmatliklarini ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelib, fuqaro A.A.ga 35 750 AQSh dollarini 409 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

 

Tadbir yakunida 174 mln soʻm, 6 302 AQSh dollari, 521,5 ming Rossiya rubli, 270 Yevro, 12 ming Qozoq tengesi va 25 dirham ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//