Oʻzbekistonda aholidan toʻlovlarni qabul qilishda komissiya miqdorini cheklash taklif qilinmoqda

Saqlash
10:04 / 18.04.2023 929 0

Oʻzbekiston Markaziy banki aholidan toʻlovlarni amalga oshirishda komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini muhokama uchun eʼlon qildi.

 

Bugungi kunda bank kassalarida kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda isteʼmolchilardan xizmat uchun komissiya undiriladi. Masalan, elektr energiyasi uchun 100 ming soʻm toʻlashda ayrim banklar va toʻlov xizmatlari toʻlovchilardan vositachilik xizmatlarini undirishgan.

 

Prezident qarori bilan 2023-yil 1-maydan boshlab benefitsiarlari byudjet va korporativ mijozlar boʻlgan toʻlovlar boʻyicha koʻrsatilgan toʻlov xizmatlari uchun komissiya toʻlovlari (yigʻimlari) toʻlovchi — jismoniy shaxsdan undirilmaydi, balki toʻlov shaklidan qatʼi nazar, toʻlov summasidan ushlab qolinadi.

 

Loyihaga koʻra, Markaziy bank komissiyaning maksimal miqdorini BHMning 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda (60,6 ming soʻm) belgilashni taklif qilmoqda. Agar bugungi kunda 200 mln soʻmlik superkontrakt uchun toʻlov amalga oshirilayotganda, ayrim banklar 1 foiz (2 mln soʻm) undirishlari mumkin boʻlsa, 1-maydan komissiya toʻlov summasidan ushlab qolinadi va 60,6 ming soʻmdan oshmaydi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda amal qiladi:

barcha turdagi davlat bojlari va maʼmuriy jarimalar uchun toʻlovlar;
davlat xizmatlari markazlari tomonidan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlovlar;

maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalariga, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va sogʻliqni saqlash muassasalariga toʻlovlar;

barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar;

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladigan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish uchun toʻlovlar;

E-auksion elektron savdo platformasi va K-Savdo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga toʻlovlar;

aviatsiya, temir yoʻl va jamoat transportining boshqa turlarida sayohat qilishda chiptalar sotib olish uchun toʻlovlar.


Kelajakda ushbu roʻyxatga qoʻshimcha toʻlov turlari kiritilishi ham mumkin.

 

Bunday holda, komissiya miqdori toʻlov miqdorining 1 foizigacha belgilanadi, ammo ularning umumiy miqdori Markaziy bank tomonidan belgilangan chegaralardan oshmasligi kerak.

 

Loyiha muhokamasi 2-mayga qadar davom etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish