
Jamiyat
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish tarzidagi maʼmuriy jazo kiritildi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat boʻlib, u sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi.
Agar huquqbuzar oʻqiyotgan boʻlsa, jamoat ishlari oʻqishdan boʻsh vaqtda bajariladi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari quyidagi shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
– pensiya yoshiga yetgan shaxslarga;
– 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
– homilador ayollarga;
– 3 yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga;
– I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
– doimiy ishga ega shaxslarga;
– harbiy xizmatchilarga.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarosiga aliment toʻlash majburiyati boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar maʼmuriy tartibda chiqarib yuborilmaydi.
Shahvoniy shilqimlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi mumkin.
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (47-4-modda), ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (47-5-modda) kabi maʼmuriy qilmishlar quyidagi javobgarliklar qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
– 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga;
– 120 soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga;
– maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravari miqdorida jarima solishga.
Shuningdek, ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mumkin.
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanib, mazkur huquqbuzarlik BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Shuningdek, xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q