Oʻzbekistonda pensiya va nafaqa oluvchi oilalar soni 4 milliondan oshdi

Saqlash
19:49 / 19.11.2021 1609 0

Pensiya jamgʻarmasidan pensiya va nafaqa oluvchi oilalar soni 4,0 mln nafardan oshdi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-noyabr holatiga 4 003,8 ming nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 11,5% ni tashkil qilmoqda.

 

Shundan, 2 966,7 ming nafarini yoshga doir pensiya, 397,6 ming nafarini nogironlik pensiyasi, 198,6 ming nafarini boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar va 440,8 ming nafarini nafaqa oluvchilar tashkil qilgan.

 

Xususan, 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming nafar kishi (4,1%)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 11 ming nafar kishi (2,9%)ga, boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1%)ga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming nafar kishi (10,0%)ga ortgan.

 

2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 327,5 ming nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan.

 

2020-yilning yanvar-oktyabr oylariga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foiz fuqarolarga pensiya va nafaqa koʻp tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//