Davlat ramzlarining raqamli koʻrinishidan foydalanishga oid standartlarni ishlab chiqish va qonunchilikka oʻzgartirish kiritish taklif qilinmoqda

Saqlash
23:04 / 18.11.2021 1314 0

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisodiyot va biznes fakulteti oʻqituvchisi Javlon Joʻrayev davlat ramzlarining raqamli koʻrinishidan foydalanishga oid qatʼiy standartlarni ishlab chiqib, qonunchilikka oʻzgartirish kiritishni taklif qilmoqda.

 

«Bugungi axborot texnologiyalari zamoni davlat ramzlarining raqamli koʻrinishidan foydalanish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Ularning aniq raqamli standarti mavjud emasligi esa har xil variantda qoʻllanilishiga olib keladi. Davlat ramzlariga bunday eʼtiborsiz munosabat qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi.

 

Quyida keltirilgan turli manbalarda davlat bayrogʻini tasvirlash uchun har xil ranglarda foydalanilgan:

Kompyuter grafikasida dizaynerlar bayroq ranglarini belgilashda aniq raqamli standartlarga tayanishadi. Bizniki kabi aniq raqamli standartga ega boʻlmagan davlat bayroqlariga rang tanlashda ular biroz qiynalishadi va taxminiy ranglardan foydalanishga majbur boʻlishadi. Natijada davlat ramzlarini belgilashda nomutanosibliklar yuzaga keladi. Bu muammo elektron qurilmalar bilan cheklanmay, bosma tasvirlarni ham chetlab oʻtmaydi. Kitoblar, reklama bannerlari, maxsus kiyimlarda davlat bayrogʻi turlicha koʻrinishda boʻlib qolishi mumkin.

 

Rivojlangan mamlakatlarga nazar tashlasak, bayroq ranglariga aniq standartlar belgilanganini koʻrishimiz mumkin. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida», deya yozmoqda Javlon Joʻrayev.

Shuningdek, bayroq har xil qogʻozga, matoga bosib chiqarilganda qanday koʻrinishga ega boʻlishini hisobga olib, har xil rang tizimlari (Hex, RGB, CMYK, Pantone, RAL)da aniq rang kodlari belgilab qoʻyilishi kerakligi taklif qilinmoqda. Shundagina yuqoridagi xilma-xilliklarning oldini olish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//