Jamiyat
Qashqadaryoda nazoratchilar hovuzga tushib ketgan chiyaboʻrilarni qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Yakkabogʻ tuman nazorat inspeksiyasi xodimlari ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazayotgan vaqtda «Alakuylak» mahallasidagi fermer xoʻjaligining tomchilatib sugʻorishga moʻljallangan hovuziga 2 ta chiyaboʻri tushib ketgani aniqlangan.
Inspektorlar tomonidan chiyaboʻrilar zudlik bilan hovuzdan chiqarib olingan va tabiatga qoʻyib yuborilgan.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q