Jamiyat
17-noyabrda Toshkent shahrida iflos qor yogʻdi. pH (kislotalilik), elektr oʻtkazgichlilik va ion tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olindi, deb xabar berdi Oʻzgidromet axborot xizmati.
“Namunalar olinganda qor qatlamlari qizgʻish loy rangida boʻlgan. Ifloslangan qor yogʻishiga 4-noyabrda Qozogʻiston janubida va 16-noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum boʻronlari sabab boʻldi. Toshkentda 14-noyabrda yogʻinlar yogʻib havo tozalangan boʻlsa, Buxoro viloyatida esa yogʻinlar boʻlmadi”, deyiladi xabarda.
17-noyabrda respublikaning butun hududiga shamolning tezlashishi va baʼzi joylarda qumli boʻron bilan sovuq nam havo massasi kirib kelgan. Shamol tezligidan koʻtarilgan chang masofaga koʻchdi va tuproq va qum rangini boʻyab Toshkent shahriga choʻkkan.
Shuningdek, xabarda bu inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi va yogʻinlar yogʻishi natijasida havoni tozalanishi sodir boʻlishi aytildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109644
Jamiyat
94030
Jamiyat
89794
Jamiyat
72957
Jamiyat
//
Izoh yo‘q