Toshkentda bir kunda 400 ga yaqin yosh bola grippga chalinayotgani aytildi

Saqlash
16:29 / 17.11.2021 873 0

Toshkent shahrida yosh bolalar oʻrtasida gripp kasalligiga chalinish holati keskin koʻpaygani haqida xabar berildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent pediatriya tibbiyot klinikasiga bolalarning grippga chalinish holati bilan har kuni 400 ga yaqin murojaat boʻlmoqda. Bolalar orasida ogʻir ahvolda olib kelinganlari ham bor. Mutaxassislar fikricha, ota-onalar bolalarini avval uy sharoitida oʻzboshimcha davolab, ogʻirlashib qolgach, shifokorga koʻrsatishmoqda.

 

“Kasallik juda ham koʻpayib ketdi. Grippning kechuvi bir muncha ogʻirlashdi. Bolalarda kasallik belgilari temperaturasiz, birdan oʻpkaga oʻtib ketish, pnevmoniya holatlari kuzatilyapti”, — deydi pediatr Klara Omonova.

 

“Yosh bolalarga antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasiga koʻra qoʻllash mumkin. Dori vositalarini palapartish berish ularning kasalini tuzatmaydi, aksincha immunitetini tushirib, ahvolini yanada ogʻirlashtiradi. Bundan tashqari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, bola parvarish qilinadigan xonalarni vaqtida shamollatish va ozoda saqlash zarur”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//