Jamiyat
Poytaxt jamoat transportlarida jinsiy zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida yangi loyihaga start berildi.
Toshkentdagi avtobuslarda transportda jinsiy zo‘ravonlikka urinishlar haqida xabar berish uchun favqulodda qo‘ng‘iroq tugmasi o‘rnatilmoqda.
Unga ko‘ra, 2021-yil avgustda aholi orasida jamoat transportida tegajaklik qilish holatlari yuzasidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomada 100 ga yaqin respondent ishtirok etgan.
Ishtirokchilarning 77,5 foizini ayollar, 22,5 foizini erkaklar tashkil qilgan.
So‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, 12,5 foiz ovoz doimiy ravishda, 40 foizi esa bir yoki ikki marta jamoat transportida shu kabi holatlarga duch kelgani aytilgan. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 60 foizi tegajaklik holatiga duch kelgan. Ularga mazkur holatda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida savol berilgan.
Respondentlarning 51 foizi qanday yo‘l tutishni bilmasligini aytgan. "Nega jabrlanuvchilar yordam so‘rashga harakat qilmaydi?" degan savolga quyidagi javoblar berilgan:
— O‘zimni qanday tutishni bilmayman - 49 foiz;
— Aybdorning jazolanishiga ishonmayman - 22 foiz;
— Aybdorlik va uyat hissi - 19,5 foiz;
— Aybdordan qo‘rqish hissi - 8,5 foiz.
Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilarining 87 foizi bu muammoni juda dolzarb baholagan. 93 foiz ishtirokchi zo‘ravonlikning oldini olish uchun ishlatiladigan chora-tadbir haqida tushunchaga ega emasligini aytgan.
Qayd etilishicha, "Toshshahartransxizmat" AJ zo‘ravonlik holatida chiptachi yoki haydovchiga murojaat qilish kerakligi aytib o‘tilgan yangi namunadagi yo‘l chiptalarini chiqarishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, transportda favqulodda xabar qilish tugmasi o‘rnatilishi qayd etilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q