Jamiyat
IELTS Zone o‘quv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi. Bu ma’lumotni u imtihon topshirgan Edu-Action IELTS test markazi tasdiqladi.
Bekzod Mirahmedov 3-mart kuni o‘zining Instagram sahifasida sertifikatni qabul qilib olgani haqida video joyladi.
U IELTS imtihonining 3 ta qismidan — Listening (tinglab tushunish), Speaking (so‘zlash) va Reading (o‘qib tushunish)dan 9 ball, Writing (yozish) imtihonidan esa 8 ballni qo‘lga kiritgan.
Bekzod Mirahmedov so‘nggi marta yanvar oyida mazkur imtihondan o‘tib, 8,5 ball olgandi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Mirahmedov IELTS Zone o‘quv markazida dars beradi. Shuningdek, 10 yildan ortiq tajribaga ega IELTS instruktor hisoblanadi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
1 Izoh
🌺🦋
12:01 / 01.01.1970
Ajoyib,hamma bilimlilarga shunaqa natija nasib etsin.