Jamiyat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti epidemiologi Richard Pibodi dunyoda parranda grippi (H5N1) pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, mazkur virus tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga ega. Eng yomoni, u odamlar oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin.
“Shu bois yangi pandemiyaga tayyor turishimiz kerak. Hozir ilmiy hamjamiyat viruslarni kuzatmoqda va agar zarurat tugʻilsa, maxsus vaksinalar ishlab chiqariladi” — deydi ekspert.
Epidemiologning taʼkidlashicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok boʻlgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q