Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan).
Ijaraga oluvchida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki oʻzgacha mastlik aniq koʻrinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligini “Maʼmuriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q