Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplayens departamentlari mutaxassislari hamkorligida bankning Sirdaryo viloyati Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi.
2020-2023-yillar davomida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish va (yoki) biron-bir hujjat rasmiylashtirmasdan hamda soxta maʼlumotlardan foydalangan holda jami 3 mlrd. 828 mln. 400 ming soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, bankning Xovos filiali bir nafar masʼul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q