«O‘zgidromet» rahbari tezkor axborot bilan chiqdi

Saqlash
14:23 / 03.03.2023 2114 0

«O‘zgidromet» 5-10-mart kunlari respublikada beqaror ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

 

«O‘zgidromet» bosh direktori  bu to‘g‘rida ma’lumot berdi.

 

4 va 7-mart kunlari havo haroratining keskin isishi ortidan 5-6 va 8-10-mart kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi, ba’zi hududlarda esa kuchli yomg'ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

 

5-7-mart kunlari Jizzax va Navoiyda, 7-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikami va Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol esishi joylarda chang to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Shamol kuchayganda 22-25 m/s ga yetadi.

 

5-6 va 8-10-mart kunlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yog‘inlar hisobiga sel-suv toshqin xavfi e’lon qilinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//