Jamiyat
O‘zbekiston Transport vazirligi va Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi masʼul xodimlari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida xorijiy aviakompaniyalarni O‘zbekiston aviatsiya bozoriga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar-tadbirlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etilgan.
IndiGo aviakompaniyasining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Rajan Malhotra mazkur kompaniya faoliyati, yangi xorijiy manzillar qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘zlab bergan.
Ikki mamlakat o‘rtasida tobora o‘sib borayotgan sayyohlik oqimini nazarda tutgan holda hind aviakompaniyasi vakili 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganib chiqilayotganini maʼlum qilgan.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichini tashkil etish maqsadida IndiGo aviakompaniyasi vakillarining yaqin muddatlarda O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib olingan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111746
Jamiyat
94659
Jamiyat
90652
Jamiyat
75231
Jamiyat
//
Izoh yo‘q