Toshkentda ilk bor kir qor yog‘moqda (foto)

Saqlash
09:33 / 17.11.2021 1021 0

Bugun, 17-noyabr kuni O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida qor yog‘moqda. Respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi orqali shimoldan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi oqibatida harorat keskin sovidi. Biroq Toshkentdagi bu yog‘in odatiy qordan farq qiladi.

«O‘zgidromet» bir necha kun avval 17-18-noyabr kuni changli bo‘ron kuzatilishi mumkinligini xabar qilgan edi. Chang zarralari qorga birikishi natijasida ayni paytda loyli qor yog‘moqda. Buni qorda yurgan yo‘lovchilarning egnidagi palto, sumka va oyoq kiyimlarida qolayotgan loy izlaridan, shuningdek uyum hosil qilgan qorning xira ekanligidan ham sezish mumkin.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//