Jamiyat
Buxoro viloyati Kogon shahrida tuproq oʻpirilishi natijasida ikki kishi halok boʻldi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Hodisa 16-noyabr kuni soat 14:50da Kogon shahar “Doʻstlik” MFY Doʻstlik koʻchasida “61-Avtokorxona” MCHJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish ishlari olib borayotganda sodir boʻldi. 5−6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oraligʻida kovlangan chuqurlikda 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni oʻpirilib tushgan.
Natijada ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqqan.
Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
110155
Jamiyat
94334
Jamiyat
90214
Jamiyat
73590
Jamiyat
//
Izoh yo‘q