Bluetooth va quloqchindan foydalanib mashina boshqarishga ruxsat berilishi mumkin

Saqlash
17:58 / 16.11.2021 1057 0

Joriy yil 16-noyabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Unda “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

 

Qonun loyihasiga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, maqbullashtirish maqsadida 5 ta modda sanksiyasi miqdori qamaytirilmoqda.

 

Xususan:

 

– transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik yoki muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi,

 

– yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanganligi,

 

– pasport tizimi qoidalarini buzganligi,

 

– fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda.

 

Kiritilayotgan ushbu oʻzgartirishlar bilan mashinani boshqarish vaqtida haydovchilarga “bluetooth”, quloqchin va boshqa qoʻlni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ruxsat beriladi.

 

Shu bilan birga, transport vositasi salonining old qismiga monitor oʻrnatish uchun javobgarlik ham bekor qilish, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda, qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//