Oʻzbekiston dunyoning eng mehmondoʻst davlatlari qatoriga kirdi

Saqlash
10:02 / 27.02.2023 1073 0

Oʻzbekiston Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan eʼlon qilingan mehmondoʻstlik reytingida 25-oʻrinni egalladi.


Reytingni tuzishda mutaxassislar quyidagi mezonlarni hisobga oldilar:


Fuqarosi vizasiz tashrif buyurishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatlar soni;

 

Fuqaro u yerga kelganida viza olishi mumkin boʻlgan davlatlar soni;

 

Fuqaro elektron viza bilan tashrif buyurishi mumkin boʻlgan mamlakatlar soni.

 

Masalan, 139 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz rejimda tashrif buyurishlari mumkin.


Reytingga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiritilgan. Tojikiston 49, Qirgʻiziston 53 va Qozogʻiston 54-oʻrinni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish