Xonanda Kanizaning murojaati rad etildi

Saqlash
09:49 / 27.02.2023 3035 0

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova) litsenziya soʻrab qilgan murojaatini rad etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

 

«Soʻnggi vaqtlarda xonanda Kaniza(Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

 

Shu munosabat bilan xonandaning 2023-yil 17-fevral kuni litsenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2023-yil 23-fevral kuni litsenziya berish rad etildi», deydi vazirlik.

 

Maʼlum qilinishicha, xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qoʻyish hamda eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik, sanʼatkor odobiga rioya qilishi yuzasidan bir oy muhlat berilgan.

 

Agarda belgilangan muddat ichida ushbu kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyasi butunlay toʻxtalishi maʼlum qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//