Mehnat vazirligi: Oʻzbekistonda yoshlar orasida ishsizlik darajasi 14,9 foizni tashkil etadi

Saqlash
21:48 / 16.11.2021 844 0

2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygani maʼlum qilindi. Bu haqida Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, sentyabr oyida vazirlik tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra, ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 413,7 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etgan.

 

16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz ekani aniqlandi.

 

Iqtisodiy nofaol aholi esa 4 300,0 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortgani kuzatilgan.

 

2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan.

 

Ularning 302 ming nafari ish bilan taʼminlanib, 203 ming band boʻlmagan aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularning ish haqi uchun 177 mlrd.soʻm mablagʻ toʻlandi, deyiladi xabarda. Shuningdek, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd.soʻm ishsizlik nafaqasi tayinlanib, toʻlab berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//