Prezident yer uchastkalarini xususiylashtirishga oid Qonunni imzoladi

Saqlash
20:57 / 16.11.2021 890 0

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Qonunga koʻra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

 

yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

 

fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YATTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

 

xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

 

boʻsh turgan yerlar.

 

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

 

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yerni sotib olish;

 

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

 

Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan).

 

Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

 

Ariza koʻrib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

 

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda boʻlishi shart.

 

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

 

● xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

 

● yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

 

● yerda joylashgan koʻchmas mulkka qoʻyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

 

● aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

 

● davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror mavjudligi;

 

● xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda oʻzga shaxsga oʻtkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

 

● arizada notoʻgʻri, bir-biriga zid boʻlgan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

 

● xususiylashtiriladigan yer puli toʻlanmaganligi.

 

Xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Boʻsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi.

 

Yerga boʻlgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun toʻlov qilinganidan soʻng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

 

Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qoʻyish mumkin:

 

yerga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilganda;

 

yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

 

yer musodara qilinganda;

 

yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

 

Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga oʻtkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//