Iqtisod
“Reklama toʻgʻrisida”gi qonunga aholiga taklif etiladigan kreditlar, jumladan, mikroqarzlar reklamasida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida majburiy ogohlantiruvchi matn joylashtirilishi shartligini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda. Mazkur qonun loyihasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida qizgʻin muhokamalardan soʻng qoʻllab-quvvatlandi.
Shunga koʻra, mazkur qonun bilan moliyaviy xavflardan ogohlantirish reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10 foizini tashkil qilishi lozim boʻladi.
Shuningdek, kredit mahsulotlari reklamasida isteʼmolchilarga moliyaviy holat va toʻlov qobiliyatini toʻgʻri baholash, mazkur xizmatlardan foydalanish va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish berish hamda qonun hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Aksariyat mamlakatlarda kredit bilan bogʻliq reklamalarda isteʼmolchi “Ehtiyot boʻling, qarz sizga qimmatga tushadi!" mazmunida ogohlantiriladi.
Qonunchilikka kiritilayotgan yangi norma aholining kredit bilan bogʻliq moliyaviy xatarlar haqida xabardorligini oshirish, qarz majburiyatlarini olishga nisbatan yanada ongli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111890
Jamiyat
94687
Jamiyat
90685
Jamiyat
75388
Jamiyat
//
Izoh yo‘q