Jamiyat
“Oʻzgidromet” 17-noyabr, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 0 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq. Ustyurtda kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzida changli boʻron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q