Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 16:48 da Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtoyo‘lining 85-kilometrida yuz bergan. Yuk mashinasi haydovchisi salonda yong‘in hidini sezib, mashinaning kuzov qismida yong‘in boshlanganini ko‘rgan.
Yuk avtomobiliga ortilgan paxta yonib ketgan. Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVV yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan. Soat 17:20 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q