Toshkentning ayrim hududlarida gaz taʼminoti to‘xtatildi

Saqlash
17:18 / 21.02.2023 982 0

Toshkent shahrining ikki tumani ayrim hududlarida 21-fevral kuni vaqtincha gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi

 

Xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani “Mevazor” MFY hududidan o‘tgan yerosti D-114 mmli yuqori bosim gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlangan va holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli 21-fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tumanning quyidagi isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Aholi isteʼmolchilari:

 

– “Mevazor” MFYdagi 122 ta uy xo‘jaliklarida;

– Geologlar ko‘chasidagi 149 ta uy xo‘jaliklarida;

– Gulzor ko‘chasidagi 150 ta uy xo‘jaliklarida;

– Tong ko‘chasidagi 148 ta uy xo‘jaliklarida;

– Uzumzor ko‘chasidagi 151 ta uy xo‘jaliklarida;

– Ming o‘rik ko‘chasidagi 139 ta uy xo‘jaliklarida;

– Olmazor ko‘chasidagi 158 ta uy xo‘jaliklarida.

 

Ulgurji isteʼmolchilar:

 

– “Mevazor” MFYdagi 3 ta;

– Geologlar ko‘chasidagi 3 ta;

– Gulzor ko‘chasidagi 3 ta;

– Tong ko‘chasidagi 2 ta;

– Uzumzor ko‘chasidagi 1 ta;

– Ming o‘rik ko‘chasidagi 4 ta;

– Olmazor ko‘chasidagi 7 ta.

 

Shuningdek, Chilonzor tumani “Lutfiy” MFY, Lutfiy ko‘chasi 93—94-uylar oralig‘idagi yerosti D-108 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlangan hamda holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli 21-fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar tumanining quyidagi isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Aholi isteʼmolchilari:

 

– “Lutfiy” MFYdagi 378 ta uy xo‘jaliklarida hamda 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 98 ta aholi xonadonlarida;

– “1-Qatortol” MFYdagi 356 ta uy xo‘jaliklarida va 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 128 ta aholi xonadonlarida;

– “Nafosat”, “Diyor” MFYlardagi 58 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 2 298 ta aholi xonadonlarida;

– “Qatortol” va “Cho‘pon ota” MFYlardagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 896 ta aholi xonadonlardida;

– “Bog‘zor”, “Oqtepa” MFYlardagi 64 ta ko‘p qavatli uylardagi 2 682 ta aholi xonadonlarida.

 

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//