Jamiyat
O‘zbekistonda magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berilishi ma’lum qilindi.
Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan. Bu tartib, shunigdek, magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qilishi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishi kerak. Ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q