Turkiyada yana kuchli zilzila sodir boʻldi

Saqlash
14:48 / 21.02.2023 1055 0

Turkiya janubidagi Hatay viloyatida ikkita yangi zilzila sodir bo‘ldi, bu haqda hukumat qoshidagi Tabiiy ofatlarni boshqarish va oldini olish boshqarmasi (AFAD)ga tayanib Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

 

6,4 magnitudali birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan 20:04 da, ikkinchi — 5,8 magnitudalisi 20:07 da qayd etilgan.

 

Zilzila epitsentri mos ravishda Defne va Samandag viloyatlarida joylashgan. Chuqurlik 16,7 km va 7 km. Tabiiy ofat qo‘shni viloyatlarda ham sezilgan.

 

Dengiz sathining 50 sm ga ko‘tarilishi xavfi tufayli aholiga shikastlangan binolarga yaqinlashmaslik va qirg‘oq bo‘ylaridan uzoqroq turish tavsiya qilindi.

 

Turkiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, yangi zilzilalar oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 213 kishi jarohat oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//