Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o‘tadi

Saqlash
23:22 / 20.02.2023 1491 0

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 26-martdan 28-oktabrga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tayotganini ma’lum qildi. Yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya mashhur sayyohlik yo‘nalishlarida parvozlar sonini ko‘paytiradi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi.

 

Mavsum davrida 70 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston poytaxtidan Qarshiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab: Namanganga — 2, Farg‘onaga — 3 va Andijonga ham 2 martadan aviaqatnovlar bajariladi.

 

Istanbul, Dubay, Riga, Moskva, Olmaota, Ostona, Dushanbe, Bishkek, Boku, Minsk, Dehli, London, Seul, Kuala-Lumpur va boshqa shaharlarga xalqaro aviaqatnovlar an’anaviy tarzda Toshkentdan amalga oshiriladi.

 

Mazkur mavsumida aviakompaniya 70 ta yo‘nalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yo‘nalish bo‘yicha. Yangi mavsumda aviakompaniya Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Boku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Qishki jadvalga nisbatan Istanbulga muntazam reyslar soni ko‘paytiriladi.

 

Bahor-yoz mavsumidan boshlab aviakompaniya MilanParijRossiya shaharlaridan Orenburg, Nijnevartovsk, Omsk, Nijniy Novgorodga parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//