Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqaro A.X. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro U.A.ni tanishlari yordamida Toshkent temir yoʻl muhandislari institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 300 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, U.A. ushbu pullarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kabi, fuqaro N.A. boshqa bir fuqaro A.K.ni tanishlari orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona filialiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, N.A. ushbu pullar hisobidan 500 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112240
Jamiyat
94919
Jamiyat
91015
Jamiyat
75794
Jamiyat
//
Izoh yo‘q