Jamiyat
Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yildan ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024-yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining gʻalla ekilgan har gektar maydon hisobidan oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1-avgustgacha bugʻdoyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
imtiyozli kreditlardan foydalanish yoʻnalishlariga aralashish;
bugʻdoyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari oʻrtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
gʻallachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki tartibda koʻrsatma berish.
2021 – 2022-yillarda «Oʻzdonmahsulot» AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q