Jamiyat
Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qayta ochiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu kabi savdo maydonchalari tajriba tariqasida “Novza” metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Shuningdek, yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Ushbu tizim Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan. U jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Qayd etish mumkin, o‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlangan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q