Jamiyat
O‘zbekistonda 2022-yil davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi ortidan tabiatga 10 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Quyi palataga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yil davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 4599 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ularga nisbatan 7,3 milliard so‘m ma’muriy jarima va 10 milliard so‘m tabiatga zarar belgilangan.
Shu jumladan, o‘tgan yilda jami 1777 tup qimmatbaho va ko‘p yillik daraxtlar kesilgan. Vaziyat tahlil etilganda, qurilish obyektlari atrofini o‘rab olish natijasida daraxtlarning qarovsiz qolishi, shikastlanishi va nobud bo‘lish holatlari sodir etilayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, mas’ullar tomonidan Toshkent shahridagi qurilish obyektlari xatlov qilinganida yer ajratish bilan bog‘liq 2019-yilda 235 ta, 2020-yilda 89 ta va 2021-yilda 99 ta obyektga o‘rganilmasdan va davlat ekologik ekspertizasining xulosasi olinmasdan qurilishga yer ajratib berilgani va qurilish loyihalari ishlab chiqilgani aniqlangan.
Shuningdek, 2022-yilda Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 332 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt hududlari o‘rganilishi natijasida umumiy 21 031 dona turli xildagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan, ularning 17 767 donasi manzarali, 2599 tasi mevali daraxtlar bo‘lib, ularning 103 tasi qurib qolgani va 20 tasi kasallangani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 500 dan ortiq qurilish obyektlari atrofi o‘rab olingan bo‘lib, ularda 24 mingga yaqin daraxtlar taqdiri xavf ostida qolmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q