Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20−21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston — Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Sammit yakunida qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112236
Jamiyat
94914
Jamiyat
91011
Jamiyat
75789
Jamiyat
//
Izoh yo‘q