Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yilligi munosabati bilan kecha, 15-noyabr kuni Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining maslahatchisi Azizov Habibulla Gʻaniyevich olib bordi. Ta’kidlanganidek, davlat bayrog‘i bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
– Yer yuzida ikki yuzi ellikka yaqin davlatlar bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi, – dedi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov.
Tadbir davomida Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institut xodim va kursantlari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’riy chiqishlar namoyish etildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q