Sport
Turkiyalik futbol muxlislari mahalliy “Trabzonspor” jamoasining Yevropa Konferensiyalar Ligasi 1/16 finali doirasidagi “Bazel”ga qarshi uchrashuvi (1:0) oldidan oʻziga xos performans namoyish etdi.
Muxlislar mamlakatning janubiy-sharqiy hududida yuz bergan zilzila oqibatini bartaraf etishda qatnashayotgan mamlakatlar vakillariga oʻziga xos tarzda minnatdorlik bildirdi. Uchrashuv boshlanishi oldidan tribunalarda vayronalar ostidan jajji bolakayni olib chiqayotgan xaloskor tasvirlangan banner namoyish etildi. Xaloskorning dubulgʻasida xorijiy qutqaruvchilarga hurmat belgisi sifatida Turkiyaga yordam qoʻlini choʻzgan davlatlar bayroqlari tasviri tushirilgan. Ular orasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Germaniya, Ispaniya, Yaponiya va koʻplab boshqa davlatlarni koʻrish mumkin.
Bundan tashqari, muxlislar tomonidan “Har doim birgamiz. Yaralarimizni birga tuzatamiz” yozuvi ham koʻtarildi.
Qayd etish kerak, hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 nafardan ziyod qutqaruvchilari va bir qancha koʻngillilar Turkiyada qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida birin-ketin 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 36 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan, jarohatlanganlar soni esa 100 mingdan oshgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q