Jamiyat
Toshkent shahar Yashnobod tumani sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 17-fevral kuni kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I.B.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi “v” bandi (ta’magirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Kengash xulosasi bilan I.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
“Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxs besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q