Jamiyat
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Respublika hududining katta qismida juma kuni kunduzi yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida biroz yog‘ingarchilik faqat ayrim joylarda bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir faqat ertalab yog‘adi. Havo harorati +5…+10 daraja iliq, shimolda 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0…+3 daraja iliq, kunduzi shanba kuni +8…+10 iliq, yakshanba kuni +10…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Havo harorati kechasi 0…+5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda -2 daraja sovuqqacha borishi mumkin, kunduz kuni esa havo +7…+12 darajagacha isiydi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17−18 fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda dam olish kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q