Oʻzbekistonda samolyotlarda tashish mumkin boʻlgan shaxsiy buyumlar soni kengaydi

Saqlash
16:31 / 16.02.2023 764 0

Oʻzbekiston transport vaziri “Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruqni imzoladi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻra, yoʻlovchilarga qoʻl yukidan tashqari, oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaxsiy buyumlarini ham tashishga ruxsat beriladi. Xususan:

 

–portfel;

– ayollar sumkasi;

– hujjatlar uchun jild;

– soyabon;

– hassa;

– ustki kiyim;

– guldasta;

– parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni;

– bola uchun oziqa va bolalar yoʻl beshigi;

– nogironlar aravachasi va nogironlarning harakatlanishi uchun moʻljallangan boshqa moslamalar.

 

Mazkur hujjat Davlat xavfsizlik xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Uzbekistan Airways AJ bilan kelishilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//