Farg‘ona vodiysida gaz “zapravka"lari bosqichma-bosqich ochilish mumkin

Saqlash
14:49 / 16.02.2023 596 0

Ko‘rilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilib borishi kutilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

 

Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) gaz bosimining ko‘tarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.

 

Gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash zarur hisoblanganligi sababli AGTKSHlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgandi.

 

“Quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish va ushbu me’yorni saqlab turish uchun AGTKSHlari qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//