
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida ayol o‘z farzandlari ko‘z oldida zo‘rlangani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boʻstonliq tumanida 4 nafar erkak 39 yoshli ayolni zoʻrlab, uni ayovsiz kaltaklagan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 2022-yil 28-dekabr kuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida yashovchi 39 yoshli ayol zoʻrlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 119-modda (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish)lar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida 4 (toʻrt) nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Boʻstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayoni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q